O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziya Bosh vaziri Administratsiyasi huzuridagi Sud-huquq tayyorlov instituti bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-12-25 | Siyosat

2019-yilning 24-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev va Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Q.Burxonov Malayziya Bosh vaziri Administratsiyasi huzuridagi Sud-huquq tayyorlov instituti bosh direktori Anita Xarun bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekistonda yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, o‘zaro tajriba almashish, Markaz vakillarini Institutning amaliy faoliyati va o‘quv dasturlari bilan tanishishini tashkil etish, sud-huquq tizimini takomillashtirish va yuridik kadrlarni tayyorlash masalalari bo‘yicha seminarlar, konferentsiyalar va davra suhbatlarida birgalikda ishtirok etish orqali hamkorlikni amalga oshirish shakllari tilga olindi. Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchilarining Malayziya Bosh vaziri Administratsiyasi huzuridagi Sud-huquq tayyorlov institutida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari uchun stajirovkalarni tashkil etish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Ishtirokchilar hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek hamkorlik to‘g‘risida idoralararo kelishuv tuzishga qiziqish bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, Anita Xarun O‘zbekistonga joriy yilning 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Поделиться