O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar to‘g‘risida
2019-12-27 | Siyosat
2019-yilning 21-27-dekabr kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat ishchi guruhlari tomonidan 2019-yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2020-yilgi uchrashuvlar Reja-jadvali kelishildi.
Bundan tashqari chegara masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida tasdiqlash uchun qator hujjatlar tayyorlandi.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli Bayonnomani imzoladilar.
Uchrashuv konstruktiv va an’anaviy do‘stona muhitda o‘tdi.