O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gʻaznachilik tizimida hamkorlikning yangi bosqichlari
2018-11-13 | Iqtisodiyot
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Serbiya Respublikasi delegatsiyalari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda gʻaznachilik tizimida tajriba almashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Serbiya Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar erishilgan ijobiy natijalarni qayd etib, uch tomonlama format (Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Serbiya Respublikasi)da hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.