O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan muhokamalar yakunlari

2018-11-13 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi delegatsiyasi Rossiya Gʻaznachiligi, Serbiya Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachilik boshqarmasi va Rossiyaning yetakchi universitetlari vakillari ishtirokida Sankt-Peterburgda tashkil etilgan moliya-xoʻjalik faoliyati natijalarini alohida hisobga olish, xarajatlarni shakllantirishning xususiyatlari va ularni mol-mulk (ish, xizmat) qiymatiga joylashtirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan muhokamada ishtirok etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi delegatsiyasi 2018 yil natijalarini eʼlon qildi va 2019 yilga moʻljallangan hamkorlikning keyingi yoʻnalishlarini belgilab oldi.

Xususan, 2019 yil uchun Gʻaznachilik masalalarini koʻrib chiqishda alohida hisobni yuritish, elektron hisob-fakturalarni joriy etish, byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni oʻrnatish, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, shuningdek, mazkur sohalarda axborot tizimlarini keng joriy etish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2019 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasini ishlab chiqishga va uni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Поделиться