O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018-2019-yillarda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narx va tariflarning bosqichma-bosqich oʻzgarish grafiklari, xamda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi narxlari tasdiqlangan

2018-11-13 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, 2018-2019-yillarda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narx va tariflarning bosqichma-bosqich oʻzgarish grafiklari, xamda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi narxlari tasdiqlangan.

Hozirgi kunda, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar tan narxidan past darajada oʻrnatilgan. Shu bilan birga ushbu energoresurslar narx va tariflarining oʻzgarishi avvallari amalga oshirilgan narx va tariflarning oʻsishidan mutlaqo farqlanadi. Buning sababi neft-gaz tarmogʻini sogʻlomlashtirish uchun yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini keskin koʻtarilishi kerakligidir.

Ammo ushbu narxlarning oʻzgarishi aholiga taʼsirini oldini olish maqsadida, boshqa isteʼmolchilar uchun tariflar 44,8% va 2,07 barobar oshirish hisobidan, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari mos ravishda 9,4% va 10,4%ga oshgan.

 

Поделиться