O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokistonda Namangan viloyati ko‘rgazmasi tashkil etiladi

2019-11-05 | Jamiyat

Namangan viloyati hokimligida 2-noyabr kuni Pokistonning Lahor shahrida joylashgan O‘zbekiston — Pokiston savdo va madaniyat markazi raisi Ruhayl Ikrom boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov delegatsiya a’zolarini qutlar ekan, ikki mamlakatni azaldan tarixiy va madaniy aloqalar bog‘lab turganini ta’kidladi. Bugungi kunda bu aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro savdo-sotiqni jadallashtirishga urg‘u berilayotgani uchrashuvda alohida qayd etildi. Joriy yilning sentabr Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonga amalga oshirgan safarida ham shu maqsad ko‘zlangani bildirildi.

Ruhayl Ikrom samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Pokistonlik tadbirkorlar Namanganga investitsiya kiritishga tayyor ekanligi, bugundan boshlangan uch kunlik safar davomida bu erda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar batafsil o‘rganilishini ma’lum qildi. Lahor shahri meri hamda O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Lahorda Namangan viloyatiga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini qayd etdi.

Поделиться