O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent metropoliteni 42 yoshga to‘ldi

2019-11-06 | Jamiyat

Bugun Toshkent metropoliteni qurilganiga 42 yil bo‘ldi. “Lonely Planet” nashriyoti Toshkent metropolitenini dunyodagi eng chiroyli metropolitenlardan biri deb atadi. Darhaqiqat, u dunyodagi eng chiroyli metropolitenlardan biri. Shuningdek, VVS nashriyoti yaqinda maqola e'lon qilib, unda poytaxtimiz metropolitenining ko‘rkamligi va timsollarga boyligi haqida ma'lumot keltirgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkent metropolitenining birinchi tarmog‘i 9 bekatni o‘z ichiga olgan bo‘lib, (keyinchalik u Chilonzor yo‘nalishi nomini olgan) 12.2 km masofadan iborat. Ushbu tarmoq 1977-yil 6-noyabr kunidan ishga tushirilgan. 1980-yilning 18-avgustida ushbu tarmoqda yana 3 ta bekat ochilgan, yo‘nalishning umumiy uzunligi 16.8 km.dan iborat.


Toshkent metrosi tobora kengayib bormoqda. 1984-yilda uning ikkinchi tarmog‘i, 2001-yilda esa uchinchi tarmog‘i ishga tushgan. Uchinchi tarmoq qurilishi ham davom etib, unga ko‘ra, shimoliy tumanlarni janubdagi aeroport bilan birlashtirish rejalashtirilgan.


Hozirgi kunda 29 ta bekatdan iborat 3 ta metro yo‘nalishining umumiy uzunligi 36.2 km.ni tashkil qiladi. Yunusobod tumanidagi ikki bekat qurilishini yakunlash bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda Sergeli tumaniga “yengil” Yer usti metrosini qurish ishlari davom etmoqda. Kelgusida u 6 ta bekatdan iborat bo‘ladi. Yer usti Sergeli tarmog‘ini Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirish rejalashtirilgan. Yo‘lovchilar Sergelidan Buyuk ipak yo‘li bekatigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borish imkoniga ega bo‘ladi.
Yaqinda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2025-yilgacha metropolitenni rivojlantirish rejasini taqdim qildi. 2025-yilgacha metroning uzunligi deyarli to‘rt barobarga ko‘payib, 157 kilometrni tashkil etadi. 74 ta yangi bekat tashkil etilib, shulardan 17 tasi boshqa bekatga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Metropoliten 9 ballik zilzilaga dosh bera oladi

Sovet Ittifoqi davrida agar shahar aholisi bir milliondan oshsa, unga metro qurish huquqi berilardi. U davrda qurilgan ko‘pgina bekatlardan farqli o‘laroq, Toshkent metropolitenida qurilishning chuqurlashmagan tizimi qo‘llangan bo‘lib, u Minsk metrosi tajribasidan olingan. Boshidanoq Toshkent metropoliteni inshootlari mintaqaning yuqori seysmik xavfga egaligini inobatga olgan holda qurilgan. Aytilishicha, inshoot MSK-64 shkalasi bo‘yicha 9 ballik zilzilaga dosh bera oladi.

Поделиться