O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Norvegiya Qirolligining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-11-06 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Norvegiya Qirolligining Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi A.Xalvorsen boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda shuningdek, Norvegiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi J. Berney ham ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida mavjud foydalanilmagan imkoniyatlarni hisobga olgan holda ikki mamlakat o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan, tomonlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, yengil sanoat, energetika va axborot texnologiyalari sohasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, Norvegiyaga O‘zbekiston meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikning aniq sxemalarini ko‘rib chiqdilar.

Norvegiya tomoni O‘zbekiston hukumatining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonini faollashtirish orqali O‘zbekiston hukumatining jahon savdo tizimiga kirish borasidagi sa’y-harakatlarini olqishladi.

Norvegiya ishbilarmon doiralarining 2020-yilda Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi.

Norvegiya tomoni BMT shafe’ligida Orol dengizi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast fondi faoliyatini moliyalashtirish doirasida qo‘shimcha mablag‘ ajratishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida kelgusi yilning bahorida norvegiyalik mutaxassislarni turli sohalarda, xususan sog‘liqni saqlash sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish uchun O‘zbekistonga yuborish to‘g‘risida kelishib olindi.

Поделиться