O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Marg‘ilonda AQSHning Vebster universiteti filiali ochiladi

2021-10-08 | Ta’lim

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universiteti prezidenti, doktor Djulian Shuster boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ta’lim yo‘nalishida dunyo reytingida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Vebster xususiy notijorat universiteti 1915-yilda AQSHning Sent-Luis shahrida tashkil topgan bo‘lib, 2019-2020-o‘quv yilidan Toshkent shahrida o‘z filialini ochdi. Endi esa ushbu xorijiy oliygoh Farg‘onada ham faoliyat olib borish niyatida.

-Poytaxtda talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar, Farg‘onada ham yaratiladi. Biz shu orqali yoshlarga sifatli ta’lim berishni maqsad qilganmiz, - dedi muloqot davomida doktor Djulian Shuster.

Unisersitetda asosan san’at, tasviriy va sahna san’ati, o‘qituvchilar ta’limi, biznes va menejmentni o‘z ichiga olgan turli fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlik dasturlarini taklif etadi. Lekin fanlar bo‘yicha takliflar har bir filialda davlat va hudud ichki talabidan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yiladi. 4 ta qit’adagi (Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrika va Osiyo) 9 ta davlatda (AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Avstriya, Gretsiya, Xitoy, Singapur, O‘zbekiston) 62 ta shaharda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Uning 200 ga yaqin ta’lim dasturlari mavjud.

Viloyat hokimi uchrashuvda yurtimizda, xususan, Farg‘onada ilm-fanga e’tibor katta ekanligiga, bu amaliy natijalar bilan o‘z tasdig‘ini topayotganiga mehmonlar diqqatini tortdi. Bunga misol tariqasida 2020-yilda Markaziy Osiyo shaharlari ichida ilk bor Farg‘onaning YUNESKO Ta’lim shaharlari global tarmog‘iga qabul qilinganini ta’kidladi.

Marg‘ilon shahrida faoliyat boshlashi kutilayotgan Vebster universitetini kelgusida Farg‘ona shahridagi 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallab barpo etilayotgan ekoshaharga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qilindi. Bu taklif universitet prezidenti Djulian Shuster tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Muloqotda yana bir jihat, oliygohga vodiy viloyatlari bilan bir qatorda qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistondan ham yigit-qizlar kelib ta’lim olishlari mumkinligiga e’tibor qaratildi.

Har ikki tomon ham hamkorlik jarayonlarini tezlashtirish, universitet filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarga qulayliklar yaratish masalalari yuzasidan hamfikr ekanliklari qayd etildi

Manba: O'zA

Поделиться