O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Eksportchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Respublika shtabi tashkil etildi

19.03.2020Iqtisodiyot

Shtab tarkibiga kirgan tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning mas’ul xodimlari kunu-tun tadbirkorlarning tashqi savdo va investitsiya faoliyati barqaror rejimini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etishni ta’minlamoqdalar.

Litsenziya va ruxsatnomalarni qisqartirish va soddalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan Ekspert kengashi yig‘ilishlari natijalari yuzasidan ma'lumotnoma

19.03.2020Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2 martdagi PF-5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 87-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2020-yil 17-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 15-sonli bayoni 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Biznes ombudsman bilan birgalikda tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida huquqiy masalalar bo‘yicha Ekspertlar kengashining 5 ta yig‘ilishlari 2-13-mart kunlari videokonferensiya shaklida o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining barqaror rivojlanishi kafolatlanadi

18.03.2020Iqtisodiyot

Joriy yil 16-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, xoldinglar, Markaziy va tijorat banklari rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy hokimiyat organlarining investitsiyalar va tashqi savdo sohasi uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari ishtirokida koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganligi oqibatida yuzaga kelgan jahon iqtisodiy kon’yunkturasi sharoitida investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatning prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Koronavirus karantini davrida aholiga tadbirkorlik ta'limini berish masofaviy tashkil etildi

18.03.2020Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasida oxirgi uch yilda real iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi, hududlarda tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka jalb qilish hamda ushbu yo‘nalishda tadbirkorlarning zarur iqtisodiy-moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda. Tadbirkorlik ta'limini institusional rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muhim o‘ringa ega hamda bu borada olib borilayotgan davlat siyosatining markaziy bo‘g‘iniga aylanib ulgurdi.

Buxoro viloyati hokimi Tojikistonlik sarmoyadorlarni qabul qildi

17.03.2020Iqtisodiyot

Qorovulbozor tumani hududidan qazib olinayotgan ohaktoshga bo‘lgan talab ortib borayotganiga qaramasdan, tarkibiy jihatdan to‘la o‘rganilmagan va undan imkoniyat darajasida qurilishbop materiallar ishlab chiqarish tajribasi puxta o‘zlashtirilgan, deya olmaymiz. Ohaktoshdan tobora gavjum ko‘rinish olayotgan qurilish bozorida ikkilamchi ashyo-klinker ishlab chiqarish texnologiyasini joriy qilish mumkin ekan.

"O’zbekiston-Niderlandiya" agro-biznes forumi Samarqandda bo’lib o’tdi

13.03.2020Iqtisodiyot

12 mart kuni Samarqanddagi Yoshlar Ittifoqi binosida “O’zbekiston-Niderlandiya” agrobiznes - forumi bo'lib o'tdi.

Aziz Abduhakimov Xorazmdagi 3 yulduzli mehmonxona egasiga subsidiya sertifikatini topshirdi

12.03.2020Turizm

Xorazmda 3 yulduzli mehmonxonaga davlat tomonidan subsidiya ajratildi. Subsidiya serifikatini Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirdi.

Tadbirkorlik ta'limi sohasida O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi kengaymoqda

10.03.2020Iqtisodiyot

Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 4 martdagi Qarori ijrosi borasida Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahrida Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining (TOBB ETU) filialini tashkil qilish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Zamonaviy mini-texnologiyalar va asbob-uskunalari yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga

10.03.2020Iqtisodiyot

2020-yilning aprel-iyun oylarida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda hududlarda ko‘chma mini-texnologiyalar va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Aziz Abduhakimov Avstriyaning bir guruh tadbirkorlari bilan uchrashdi

06.03.2020Turizm

4-mart kuni Bosh vazirning o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov “C-Quadrat Investment Group” investitsion kompaniyasining bosh direktori Aleksandr Shuts boshchiligidagi Avstriyaning bir guruh tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti S.Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06.03.2020Iqtisodiyot

Joriy yil 5-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (yTTB) prezidenti S.Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazib, uning davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, 2019-yildagi qo‘shma faoliyat natijalari, amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi holati va 2020-yilda o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.