O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"O’zbekiston-Niderlandiya" agro-biznes forumi Samarqandda bo’lib o’tdi
2020-03-13 | Iqtisodiyot
12 mart kuni Samarqanddagi Yoshlar Ittifoqi binosida “O’zbekiston-Niderlandiya” agrobiznes - forumi bo'lib o'tdi.
Ushbu forumga Niderlandiya Qirolligining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha maslahatchisi - Meuves Braver boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tadbirni Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov kirish so'zi bilan ochib berdi. Mazkur forumda O'zbekiston Respublikasi savdo - sanoat palatasi raisining o'rinbosari F.Usmanov va "O'zbekchorvanasl" agentligi direktori xamda tadbirkorlar va ishbilarmon doiralar ishtirok etdilar.
Mehmonlar uchun O'zbekiston va Samarqand viloyatining qishloq xo'jaligi salohiyati haqida taqdimot namoyish etildi. O'z navbatida delegatsiya tomonidan Niderlandiya Qirolligining qishloq xo'jaligi salohiyati to'g'risida taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar yarmarkasi tashkil etilib, mehmonlar o'zbek mahsulotlari bilan tanishdilar.
«O'zbekiston-Niderlandiya» agro-biznes forumi doirasida "B2B" formatidagi uchrashuvlar o'tkazilib, unda ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqdalar.