O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining barqaror rivojlanishi kafolatlanadi

2020-03-18 | Iqtisodiyot

Joriy yil 16-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, xoldinglar, Markaziy va tijorat banklari rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy hokimiyat organlarining investitsiyalar va tashqi savdo sohasi uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari ishtirokida koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganligi oqibatida yuzaga kelgan jahon iqtisodiy kon’yunkturasi sharoitida investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatning prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Muhokama davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida, tegishli vazirlik va idoralar mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda har bir tarmoq va hudud kesimida ayrim davlatlarda pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy va transport-kommunikatsiya cheklovlar sharoitida mahalliy tadbirkorlarni samarali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan favqulodda va nostandart chora-tadbirlarning manzilli dasturlarini ishlab chiqish borasida qaror qabul qilindi.

Manzilli dasturlar investitsiya loyihalari tashabbuskorlari, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini qamrab oladi.

Xorijiy hamkorlar bilan yaqin kooperatsiya orqali mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Bunda, xalqaro yuk tashuvlari barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l va avtomobil transporti orqali xalqaro yuk tashishning barqaror rivojlanishi ta’minlanayotgani ta’kidlab o‘tildi.

 Shuningdek, bir qator mamlakatlarda joriy etilgan logistika cheklovlar sababli tufayli yuk tashishning muqobil yo‘nalishlarini ishga tushirish natijasida yuzaga kelgan eksport mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Mas’ul rahbarlarga O‘zbekiston Respublikasida eksport va import yuklarining temir yo‘l va avtomobil transporti orqali to‘siqsiz tashilishi hamda mamlakat hududi bo‘ylab yuklarning hech qanday cheklovlarsiz tranziti saqlab qolinishi borasidagi ma’lumotlarni investitsiyalar va savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi xorijiy va xalqaro hamkorlarning keng doiralariga  yetkazish topshirildi.

Shu bilan birga, aholi salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi barcha punktlarda koronavirus kasalligi belgilarini aniqlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi tomonidan transport vositalari ekipajlari a’zolari nazorati tashkil etildi.

Muhokama yakuni bo‘yicha e’lon qilingan topshiriqlar doirasida aniq rahbar va ijro muddatlarini belgilangan holda birinchi navbatdagi vazifalar belgilab berildi.

Shu maqsadlarda, Investitsiya va tashqi savdo vazirligida kunu-tun faoliyat yurituvchi Eksportchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Respublika shtabi tashkil etildi. Shtab tarkibiga tashqi savdo va investitsiya faoliyatining barqaror rejimini ta’minlash bilan bog‘liq barcha masalalarni tezkor hal etishni ta’minlovchi tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari kiritildi.

  

Shtabning ishonch telefoni:
+ 998 71 238-52-52

Поделиться