O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov Avstriyaning bir guruh tadbirkorlari bilan uchrashdi

2020-03-06 | Turizm

4-mart kuni Bosh vazirning o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov “C-Quadrat Investment Group” investitsion kompaniyasining bosh direktori Aleksandr Shuts boshchiligidagi Avstriyaning bir guruh tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Avstriya delegatsiyasi turizm sohasini rivojlantirish, turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, infratuzilma loyihalari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va preferentsiyalar bilan tanishdilar.

O‘z navbatida, Aleksandr Shuts “C-Quadrat Investment Group” tomonidan investitsion va moliyaviy loyihalarda, eng ilg‘or g‘arbiy boshqaruv standartlarini joriy etgan holda davlat tashkilotlari va ob'yektlarini isloh qilishda faol ishtirok etish uchun Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakolatxona ochilishi masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Xorijiy sayyohlar oqimining tobora ko‘payib borayotganini hisobga olgan holda, tadbirkorlar, shuningdek, respublikada kichik mehmonxonalar tarmog‘ini qurish uchun sarmoya kiritishga qiziqish bidlirmoqda.

Ma’lumot uchun: “C-Quadrat Investment Group” Vena shahrida 1991-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu guruh 10 milliard yevrodan ortiq qiymatdagi investitsiya aktivlarini boshqaradi. Kompaniyaning Vena, Parij, Frankfurt, Madrid, Syurix, Jeneva, Yerevan va Tbilisi shaharlarida ofislari mavjud bo‘lib, ular Yevropa va Osiyoning 21 mamlakatida faoliyat yuritadi. A. Shuts Avstriyaning eng obro‘li tadbirkorlaridan biri hisoblanadi, uning shaxsiy boyligi 7 milliard dollarga teng bo‘lib, “Deutsche Bank”ning Kuzatuv kengashi a’zosidir.

Поделиться