O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov Xorazmdagi 3 yulduzli mehmonxona egasiga subsidiya sertifikatini topshirdi

2020-03-12 | Turizm

Xorazmda 3 yulduzli mehmonxonaga davlat tomonidan subsidiya ajratildi. Subsidiya serifikatini Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar hamda qonun hujjatlarida turizm sohasida tadbirkorlar uchun ko‘plab imtiyozlar hamda preferentsiyalar berilmoqda.

Xorazm viloyatida qurilib, yangi ishga tushirilgan “O‘zbekiston” mehmonxonasiga tegishli qarorga ko‘ra, mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanib, subsidiya ajratildi. Uch yulduzli “O‘zbekiston” mehmonxonasi 57 xona, 114 o‘ringa ega.

Xorazm viloyatida 2019-yil davomida jami 87 joylashtirish vositasi to‘liq foydalanishga topshirildi va sayyohlarga sifatli mehmonxona xizmatlarni ko‘rsata boshladi. Mazkur ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan 7 barobar o‘sishni qayd etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 433-son qarori bilan investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.

izomga ko‘ra, investorlar va tashkilotlar uchun mehmonxona qurish va uni jihozlashga sarflagan xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjeti hisobidan quyidagi hajmlarda mablag‘ ajratilishi belgilangan:

3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 40 million so‘m;

4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 65 million so‘m.

Subsidiya 2019-yil 5-yanvaridan 2022-yilning 1-yanvariga qadar foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun ajaratiladi. Subsidiya olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ariza va hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Поделиться