O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti S.Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-03-06 | Iqtisodiyot
Joriy yil 5-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (yTTB) prezidenti S.Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazib, uning davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, 2019-yildagi qo‘shma faoliyat natijalari, amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi holati va 2020-yilda o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
S. Chakrabarti O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.
Shuningdek, Bank prezidenti 2019-yilda O‘zbekiston eksporti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan investitsiyalarni misli ko‘rilmagan darajada o‘sganini qayd etdi.
Hozirgi vaqtda o‘zaro hamkorlik portfelini Bankning 1,8 milliard yevrodan ortiq imtiyozli moliyalashtirish mablag‘larini jalb etish hisobiga 78 ta tugallangan va davom etayotgan ustuvor loyihalar shakllantiradi.
Loyihalar energetika, transport va uy-joy-kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar kiritish, xususiy sektorni rivojlantirishni kabi muhim tarmoqlar va yo‘nalishlarni qamrab oladi.
2023-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli Hamkorlik dasturi doirasida faqat 2019-yilni o‘zida YTTB tomonidan umumiy qiymati 500 million yevrodan oshadigan loyihalarni moliyalashtirilishi ma’qulladi va buning natijasida Bankning O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan ingvestitsiya loyhalari portfeli 1 milliard dollar ko‘rsatkichidan oshdi.
Bundan tashqari, YTTB ning yetakchi ekspertlari davlat korxonalarini va kapital bozori isloh qilish, davlat banklarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish uchun strategik investorlarni aniqlash bo‘yicha tashabbuslarda faol ishtirok etadilar.
YTTB prezidenti, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash YTTB ning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini va kelgusida o‘zbek tashabbuslarini moliyalashtirish dinamikasi faqat o‘sib borishini qayd etdi.
U tomonidan Bankning aholini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilishga va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga imkon beradigan xususiy sektordagi loyihalarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratish to‘g‘risidagi rejalari bayon etildi.
Qo‘shma tadbirlar doirasidagi hamkorlik istiqbollariga ham to‘htalib o‘tildi - 2023-yilda YTTB Boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishini Samarqand shahrida o‘tkazish tashabbusi muhokama qilindi. Mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror joriy yil may oyida Londondagi Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida qabul qilinadi.
Uchrashuv yakunida imzolangan bitimlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha mablag‘larni birgalikdagi sa’y-harakatlar evaziga o‘zlashtirishni tezlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi hamda YTTB tomonidan "Issiqlik elektr stantsiyalari" OAJ ob'yektlarini modernizatsiyasiga 190,6 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni moliyalashtirishi to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi.