O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Litsenziya va ruxsatnomalarni qisqartirish va soddalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan Ekspert kengashi yig‘ilishlari natijalari yuzasidan ma'lumotnoma

2020-03-19 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2 martdagi PF-5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 87-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2020-yil 17-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 15-sonli bayoni 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Savdo-sanoat palatasi tomonidan Biznes ombudsman bilan birgalikda tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida huquqiy masalalar bo‘yicha Ekspertlar kengashining 5 ta yig‘ilishlari 2-13-mart kunlari videokonferensiya shaklida o‘tkazildi.

Yig‘ilishlarda jami 983 ta tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etib, ular tomonidan faoliyatning ayrim turlari bo‘yicha lisenziya va ruxsatnomalarni qisqartirish yoki ularni boshqa alternativ shakllarga o‘tkazish, bu boradagi mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 77 ta takliflar bildirildi.

Yig‘ilishlarda lisenziya va ruxsatnomalarni olish borasida so‘ngi yillarda qabul qilingan choralar natijasida qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, hanuzgacha mavjud bo‘lgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida, tadbirkorlar tomonidan quyidagi takliflar bildirildi.

  1. Faoliyatda har xil qiyinchiliklarni tug‘dirayotganligi, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga biron-bir ziyon yetkazmayotganligi, raqobatni cheklashga, ya'ni ma'lum bir sohalarga tadbirkorlarni kengroq jalb etilishiga to‘siq bo‘layotganligi, vakolatli organlar tomonidan ortiqcha nazoratga sabab bo‘layotganligi tufayli quyidagi lisenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish, ayrimlarini birlashtirish yoki talablarini soddalashtirish:

a) quyidagi lisenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish:

  • pivo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun lisenziya;
  • alkogol' mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalarida sotishga beriladigan ruxsatnoma;
  • qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish va lotereya o‘yinlari o‘tkazish faoliyatidagi lisenziyalar;
  • o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan tashishda lisenziyalar;
  • transport vositalari uchun lisenziya kartochkalari;
  • veterinariya sohasida laborotoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirishga lisenziyalar;
  • ko‘priklarni ta'mirlash sohasi uchun lisenziyalar;
  • xalqaro tarmoqlarga xizmatlar ko‘rsatish faoliyati “O‘zbektelekom” AJ orqali amalga oshirilganligi sababli, ushbu yo‘nalishdagi lisenziyalar;
  • baholash sohasidagi lisenziyalar (biznesni baholash huquqi uchun lisenziya va intelektual mulk ob'ektlarini baholash uchun beriladigan lisenziyalar bundan mustasno);
  • qurilish sohasida lisenziyani bekor qilib, uning talablarini tender talablari sifatida belgilash. Qurilish tashkilotlarini toifalarga bo‘lgan holda, tenderga jalb qilish.

b) quyidagi lisenziya va ruxsatnomalar talablarini soddalashtirish yoki bekor qilish:

  • alkogol' mahsulotlarini sotishda har yil to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlarni bekor qilish;
  • fond birjalar va lombardlar faoliyatidagi lisenziya berish jarayoni hamda talablarini soddalashtirish;
  • turizm sohasidagi lisenziyalarni saqlab qolish, biroq ushbu sohadagi sertifikatni olishning ixtiyoriyligini belgilash;
  • turizm sohasidagi lisenziya va ruxsatnomalar uchun davlat bojlarini kamaytirish;
  • tibbiy faoliyatni amalga oshirishda qo‘yiladigan talablarni (xonalar soni va ularni taqsimlash, ularning hajmlariga bog‘liq bo‘lgan talablarni) soddalashtirish;
  • dori vositalarini ulgurji sotishdagi talablardan biri bo‘lgan sotuvchiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni, shuningdek har bir dorixona xodimida sertifikatning mavjud bo‘lishi talabini bekor qilish;
  • veterinariya preparatlari, dorivor vositalari, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiena vositalarini ishlab chiqarish uchun lisenziyalarni saqlab qolgan holda, uning talablarini soddalashtirish;
  • telekommunikasiya sohasidagilisenziyaning yillik to‘lovlar bilan bog‘liq talablarini soddalashtirish, ya'ni yillik to‘lovlar miqdorini kamaytirish;
  • chetdan olib kelinadigan bir turdagi radioelektron va yuqori chastotali texnika vositalari uchun bitta ruxsatnomani cheklanmagan muddatga berish;
  • baholash va rieltorlik sohalaridagi malaka sertifikatlarini ushbu sohadagi nodavlat tashkilotlar (assosiasiya yoki palatalar) tomonidan cheklanmagan muddatlarga berish amaliyotini joriy qilish;
  • baholash sohasidagi lisenziyalar bilan birga quyidagi talablarni ham bekor qilish: ustav fondiga qo‘yilgan talablar;
  • xodimlarning har 3 yilda malaka oshirishi lozimligi talabi;
  • auksionlarni o‘tkazishni (ko‘chmas mulk va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish) rieltorlarga to‘liq berish;
  • rieltorlik sohasidagi lisenziyalar bilan birga quyidagi talablarni ham bekor qilish: rieltorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodimni tayinlash;
  • ustav kapitaliga ega bo‘lish kerakligi talabi;

v) quyidagi lisenziya va ruxsatnomalarni birlashtirish:

  • transport sohasidagi lisenziyalarni ikki katta guruhga ajratish, ya'ni mamalakat hududidagi tashishlar va xalqaro tashishlar. Mazkur guruhlarni esa, yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha toifalarga bo‘lish. Faqat xalqaro tashishlar uchungina lisenziyalarni saqlab qolish;
  • radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurulmalarni sotib olish (berish), loyixalashtirish va qurish (o‘rnatish)ga ruxsatnomalarni radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurulmalardan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnomalar bilan birlashtirish;
  • telekommunikasiya sohasidagimahalliy va shaharlararo tarmoqlarga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatlari uchun lisenziyalarni birlashtirish.
  • Ayrim lisenziya va ruxsatnomalar tadbirkorlar ustidan ortiqcha nazoratni amalga oshirish va korrupsiya maqsadida joriy etilgan. Bunday faoliyatlarning ustidan nazoratni saqlab qolish maqsadga muvofiqdir. Lekin, nazoratni olib borish uchun vakolatli organni xabardor qilish yetarli ekanligini inobatga olgan holda, quyidagi lisenziya va ruxsatnomalar o‘rniga xabardor qilish kabi alternativ usullarga o‘tish takliflari bildirildi:
  • davlat namunasidagi hujjat bermaydigan nodavlat ta'lim muassasalari (til o‘rgatish, malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslari kabilar) uchun lisenziyalarni bekor qilish va ushbu faoliyatni vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshirish;
  • alkogol' mahsulotlarini sotishga lisenziya va ruxsatnomalarni bekor qilib, uni vakolatli organni xabardor qilish tartibiga o‘tkazish;
  • yo‘lovchilarni yengil mashinalarda tashish faoliyatini vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshirish;
  • tibbiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha lisenziyani vakolatli organni xabardor qilish tartibiga o‘tkazgan holda, bekor qilish;
  • dori vositalarini chakana va ulgurchi savdolarini amalga oshirish uchun lisenziyalarni bekor qilish va uni vakolatli organni xabardor qilish tartibiga o‘tkazish;
  • rieltorlik faoliyatida lisenziyani bekor qilgan holda, bu sohadagi yo‘nalishlarni alternativ usullar bilan tartibga solish.
  • Lisenziya va ruxsatnomalar olish jarayonidagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish, ularni berish tartiblarini yanada soddalashtirish, bu sohada davlat hamda jamoatchilik nazoratini shakllantirish va olib borish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan boshqa talablarni bartaraf etish maqsadida, quyidagi qo‘shimcha takliflar bildirildi:
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham pivo mahsulotlarini sotish uchun ruxsat berish;
  • diniy va ta'lim muassasalaridan 200 metr masofada joylashgan savdo shohobchalarida alkogol' va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlangan. Ammo, amaliyotda bu muammoli masalalarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda aholi zich joylashgan katta shaharda (xususan Toshkent shahrida) bunday joylarni topish imkonsiz. Shu sababli, ushbu talabni bekor qilish;
  • alkogol' mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadigan barcha sub'ektlarga (ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilarga) ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyatini yaratib berish;
  • dori vositalarini sotish bo‘yicha o‘z faoliyatini yangidan boshlagan tadbirkorlar uchun uni sotish talablarini vakolatli va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tushuntirish ishlarini olib borilishini yo‘lga qo‘yish;
  • tadbirkorlik sohasida monopoliyaning oldini olish maqsadida, davlat organlari tomonidan  tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat tashkilotlarini tashkil etishga yo‘l qo‘ymaslik (“E-ijro” auksion kabi);
  • lisenziya va ruxsatnomalar berish bo‘yicha alohida vakolatli organni tashkil etish, shuningdek,  lisenziya va ruxsatnomalar berish ustidan Palata tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;
  • lisenziya va ruxsatnomalar berish yuzasidan yagona reestr (baza) tashkil etish. Mazkur baza bo‘yicha davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda jamoatchilik nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yuklatish;
  • lisenziya berish talablarini buzgan mas'ul tashkilot rahbarlari javobgarligini kuchaytirish, ushbu sohadagi xodimlar malakasini oshirish hamda ularni maxsus attestasiyadan o‘tkazish;
  • lisenziya berishda muddatlarni buzganlik hamda asossiz rad etib, sansalorlikka yo‘l qo‘yilganlik holatlarini ta'magirlik sifatida baholash;
  • ayrim faoliyat turlaridagi lisenziya va ruxsatnomalar ushbu sohaga yangi tadbirkorlik sub'ektlari kirib kelishiga to‘siq bo‘layotganligini va umuman olganda raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganligini inobatga olish. 

Поделиться