O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirus karantini davrida aholiga tadbirkorlik ta'limini berish masofaviy tashkil etildi

2020-03-18 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasida oxirgi uch yilda real iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi, hududlarda tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash, aholining keng qatlamlarini tadbirkorlikka jalb qilish hamda ushbu yo‘nalishda tadbirkorlarning zarur iqtisodiy-moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari borasida ustuvor davlat siyosati yuritilmoqda. Tadbirkorlik ta'limini institusional rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muhim o‘ringa ega hamda bu borada olib borilayotgan davlat siyosatining markaziy bo‘g‘iniga aylanib ulgurdi.

Xususan, tuman (shahar) darajasida aholi va tadbirkorlik sub'ektlari vakillari uchun 22-soatli “Tadbirkorlik faoliyati asoslari” kurslari va “Moliyaviy savodxonlik asoslari” masofaviy (on-layn) kurslarini o‘tkazish izchil davom ettirilmoqda. Hozirgi vaqtda Palata tizimidagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi hamda uning 13 ta hududiy filiallari tomonidan, yil boshidan, jami 132 ta shunday bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan. 

Tashkil etilgan o‘quv kurslarida 6740 nafar  tadbirkorlik sub'ektlari vakillari va aholi bepul o‘qitilgan bo‘lib, ularning 6204 nafari sertifikatlar bilan taqdirlanganlar. Mahallalar aholisi uchun qisqa muddatli “Biznesni boshlash uchun yetti qadam” mavzusida seminarlar “pilot” tariqasida jami 118 ta mahallalarda tashkil etildi, 10,6 ming nafar aholiga tadbirkorlik haqida dastlabki tushunchalar berildi. 

Shuningdek, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida oliygohlarning 2-4-bosqich talabalari 50% auditoriya va mahorat darslari, 50% on-layn kurslariga  asosiy o‘qishdan bo‘sh paytida qamrab olinmoqda. Bunda, yil boshidan jami 1763 talabalar faol qatnashdilar va Markazning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

Shu bilan birgalikda, olib borilayotgan tadbirkorlik ta'limi jarayonining uzluksizligi ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2020 yilning 15 mart kuni belgilangan, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlari ijrosini ta'minlash maqsadida, Palata tizimida buyruq qabul qilinib, tadbirkorlarni va aholini tadbirkorlikka o‘qitish masofaviy rejimga o‘tkazildi.

Eng avvalo, aholi va tadbirkorlarni masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yishda Palataning businessinfo.uz, Markazning alternatus.uz hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari savodxonligini oshiruvchi director.uz onlayn o‘quv kurslari portali manbalaridan keng foydalaniladi. Masalan, director.uz portalining "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari savodxonligini oshirish" kursi pul mablag‘larini oqilona boshqarishni o‘rgatadi. 

Ikkinchi masala – bu kurs so‘ngida onlayn sertifikat berilishidir. Bunda, director.uz portalining asosi 11 ta dars o‘quv materiallari matnlari, video, testlar, masalalar, vebinarlarlardan iborat. Hammasi  sodda tilda keltirilgan. Tinglovchi dars matnini o‘qiydi, video-darsni ko‘radi, test topshiradi, shundan so‘ng keyingi darsga o‘tadi. Amaliy mashg‘ulot va vebinarlar jadval bo‘yicha olib boriladi. Mazkur kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar maxsus sertifikatga ega bo‘lishadi. 

Uchinchidan, Palataga murojaat etib, tadbirkorlikka o‘qish istagini bildirgan fuqarolar bilan qayta aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Palata Call-markazi xodimlariga bepul onlayn o‘quv kurslari portali manbalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishmoqda. Tinglovchilarga, shuningdek,  alternatus.uz va businessinfo.uz portali vositasida “Biznesni boshlash uchun yetti qadam” mavzusida seminar materiallaridan, 70dan ortiq yo‘nalishdagi biznes-rejalardan hamda maxsus adabiyotlardan, qonunchilik hujjatlaridan foydalanishlari tushuntirib borilmoqda. Bularning barchasi aholimiz uchun bepul tarzda ta'minlanmoqda.

Поделиться