O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat

Virtual muzeylar - milliy madaniy yutuqlarning yorqin ramzi

26.02.2020Madaniyat

Turkiya Respublikasining “Topkapi” saroyida “Yangi O‘zbekistonning madaniy burchagi”ni tashkil etish masalalarini muhokama qilish, MDHga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarda gumanitar sohada hamkorlik bo‘yicha Tadbirlar rejasi loyihalarini hamda MDHga a’zo davlatlar madaniy meros bo‘yicha virtual muzeyi Nizomi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ekspert yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Madaniyat vazirligining delegatsiyasi 25-28-fevral kunlari Minsk shahri (Belarus Respublikasi) va 28-fevral-2-mart kunlari Istanbul shahri (Turkiya Respublikasi) da bo‘ladi.

Nufuzli “Berlinale” festivalida O‘zbekistonning kino lokatsiyalari targ‘ib qilinmoqda

24.02.2020Madaniyat

Germaniyada start olgan “Berlinale” kinofestivalida O‘zbekiston o‘zining milliy stendi bilan qatnashmoqda.

Milliy hunarmandchilik mahsulotlari Hindistonda ham eʼtirof etildi

21.02.2020Madaniyat

“Hunarmand” uyushmasida 1-16-fevral kunlari Hindistonning Xaryana shtatida oʻtkazilgan “Surajkund Mela” 34-xalqaro hunarmandchilik festivalida ishtirok etib qaytgan hunarmandlar bilan uchrashuv boʻldi.

Yapon olimlari Xiva tarixiy madaniy yodgorliklarini o‘rganishmoqda

19.02.2020Madaniyat

Tarixiy me’moriy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash va muzeyshunoslik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Xiva “Ichan-qala” davlat muzey-qo‘riqxonasi jamoasi va yaponiyalik olimlar hamda mutaxassislar hamkorligi yil sayin mustahkamlanmoqda.

O’zbekiston-Turkiya: ilmiy hamkorlik

19.02.2020Fan

2020-yil fevral oyida Turkiyada Turkiya jumhuriyatining Karabuk davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo bo‘lib kirganligi munosabati bilan “Til va adabiyot tadqiqotlari” mavzusida kitob nashrdan chiqdi. 

ISESCO vakillari Madaniyat vazirligiga ishchi tashrif bilan kelishdi

18.02.2020Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Akilova, Islom sivilizatsiya markazi rahbari Shoazim Minavarov, UNESCO ning vazirlik qoshidagi bo‘linmasi mutasaddilari, O‘zbekiston Islom akademiyasi ISESCO kafedrasi vakillari hamda ISESCO vakillari Rixiati Salih Najib, Benarafa Abdul Illoh, Chebbi Bilallar bilan ishchi muloqot tashkil qilindi.

Moskvadagi III Xalqaro madaniyatlar festivalida O‘zbekiston 15 stend bilan ishtirok etdi

17.02.2020Madaniyat

13-16-fevral kunlari Moskva shahridagi ko‘rgazma markazida “Sharq bozori “Do‘ppi” III Xalqaro madaniyatlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Gruziya, Rossiya, Tatariston, Ozarboyjon va Dog‘istondan xalq amaliy san’ati ustalari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston UNESCOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi ishtirokchisiga aylandi

17.02.2020Madaniyat

2020-yil 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun UNESCOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi.

Hindistonda “Uzbek Food Festival” o‘zbek milliy taomlari festivali ochildi

14.02.2020Madaniyat

Hindistonda o‘tkazilayotgan “Surajkund Mela” festivali doirasida 9-fevral kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Uzbek Food Festival” o‘zbek milliy taomlari festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar

13.02.2020Jamiyat

Joriy yilning 12-fevral kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar: yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali vazifamiz” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi marotaba Xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi

10.02.2020Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada belgilangan, ilm-ma’rifat va madaniyatni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash kabi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-fevral kuni “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov YuNESKO qoshidagi Xalqaro xalq ijodiyoti tashkilotining Osiyo bo‘yicha bosh sekretari Moon Hyung Suk bilan uchrashdi.