O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nufuzli “Berlinale” festivalida O‘zbekistonning kino lokatsiyalari targ‘ib qilinmoqda

2020-02-24 | Madaniyat

Germaniyada start olgan “Berlinale” kinofestivalida O‘zbekiston o‘zining milliy stendi bilan qatnashmoqda.

“Berlinale” nomi bilan mashhur Berlin xalqaro kinofestivali dunyoning eng nufuzli 5 kinotadbiri ro‘yxatiga kiradi.

“Ushbu kinofestivalga dunyoning 100 dan ziyod mamlakatidan ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyurishgan. Bu O‘zbekistonning mazkur tadbirda ikkinchi marotaba qatnashishi. Biz maksimal darajada xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularni O‘zbekistonga jalb qilishga harakat qilyapmiz. Ta'kidlash joizki, yil davomida O‘zbekistonda xorijiy kinokompaniya tomonidan olingan ikki fil'm aynan shu “Berlinale” festivali doirasida erishilgan kelishuvlarning natijasidir”, - deya ma'lum qilishdi O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi vakillari.

Tadbirda mamlakatimizning boy madaniy me'rosi, «rebate» tizimi, kinolokatsiyalari hamda xorijiy media loyihalarni yurtimizda amalga oshirish salohiyatini taqdim etish asosiy maqsad qilib belgilab olingan.  Ushbu muzokaralar maydonchasida 40 dan ortiq xorijiy kinokompaniya va xalqaro media tashkilotlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizm sohasini yanada rivojlantirishga oid farmoniga asosan xalqaro kinotadbirlarda milliy pavilonlarni muntazam tashkil qilish belgilangan. Ta'kidlash joizki, milliy pavilon «European Film Market» direksiyasi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilindi.

Поделиться