O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ISESCO vakillari Madaniyat vazirligiga ishchi tashrif bilan kelishdi

2020-02-18 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligida madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Akilova, Islom sivilizatsiya markazi rahbari Shoazim Minavarov, UNESCO ning vazirlik qoshidagi bo‘linmasi mutasaddilari, O‘zbekiston Islom akademiyasi ISESCO kafedrasi vakillari hamda ISESCO vakillari Rixiati Salih Najib, Benarafa Abdul Illoh, Chebbi Bilallar bilan ishchi muloqot tashkil qilindi.

Unda 2020-yil 14-17-aprel kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan “Buxoro - 2020 islom olami madaniyati poytaxti” tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza almashindi.

Davra suhbati davomida Buxorodagi anjumanga katta tayyorgarlik ko‘rilayotganligi qayd etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Akilova, tadbir doirasida hunarmandlar, xattotlar xorijdan tashrif buyurgan islom madaniyati olami vakillariga sharq hunarmandlik hamda xattotlik san’ati namunalaridan tashkil topgan ko‘rgazmani namoyish qilishlari, ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston vakillari ham mavzu yo‘nalishlariga ko‘ra Samarqand va Buxoro shaharlarida ishtirok etishlarini ta’kidladi.

“14-aprel kuni oliy martabali mehmonlar uchun tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu anjumanda ISESCO bosh direktorining shaxsan ishtirok etishi biz uchun sharaf"-dedi Islom madaniyati markazi rahbari Shoazim Minovarov. - "Islom markazlaridan biri sifatida biz madaniy merosimiz bilan faxrlanamiz. Sizlar ham ushbu anjumanda mezbon sifatida qatnashasiz, degan umiddamiz"-deb so‘zini yakunladi markaz rahbari.

ISESCO bosh direktori o‘rinbosari, Madaniyat yo‘nalishi boshlig‘i Rixiati Salix Najib, “Islom dini madaniyati markazi deganda nafaqat dinni targ‘ib qiluvchi, balki islom dinining ilm-fan, madaniyat olami erishgan yutuqlari bo‘yicha tajriba almashish maydoni ham tushunilishi zarurligini uqtirdi.

ISESCO bosh direktori maslahatchisi Benarafa Abdel Illah, umri davomida Imom al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishni orzu qilganini, imkoni bo‘lsa, ertaga Buxoro shahriga amalga oshiriladigan xizmat safaridan so‘ng buyuk muhaddisning qabrini ziyorat qilishlikni ham ishchi-dasturga kiritilishini iltimos qildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ertaga xulosasiga ko‘ra ISESCO vakillari va ishchi guruh Buxoroda o‘tkaziladigan anjumanga shaharning tayyorgarlik masalasini o‘rganish maqsadida shaharga tashrif buyurishadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni Buxoro shahrida bo‘ladigan dunyo miqyosidagi Xalqaro tadbir bo‘yicha Madaniyat vazirligida matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Поделиться