O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“5 tashabbus maktabda” festivaliga 6,16 mingdan ziyod videoroliklar facebook ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirildi
2019-12-11 | Ta’lim
Oʻquvchi-yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish, oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsadida www.facebook.com ijtimoiy tarmogʻida 5tashabbus_maktabda guruhi tashkil etildi.
Mazkur guruhga joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida umumtaʼlim maktablarida 5 tashabbus doirasida oʻtkazilgan tadbirlar videoroligini joylashtirish orqali festivalda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Festival 2 bosqichda oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, umumtaʼlim maktablari tomonidan tayyorlangan videoroliklar 2019-yil 20-noyabr kunidan boshlab www.facebook.com ijtimoiy tarmogʻida ochilgan 5tashabbus_maktabda guruhiga joylashtirildi.
Guruhda eng koʻp layk olgan va koʻp ulashilgan videoroliklar saralanib, ishchi guruh tomonidan Nizom talablariga koʻra 10 ta kriteriya boʻyicha baholanadi.
Hozirgi kunda 5tashabbus_maktabda guruhida jami 15 ming nafardan ortiq guruh aʼzolari boʻlib, ular tomonidan jami 6 165 ta videorolik joylashtirilgan.
Ushbu videoroliklarga jamoatchilik tomonidan 10 221 ta izoh qoldirilgan, 96 215 ta munosabat (layk bosilgan) bildirilgan.
Natijalarga koʻra 5 ta yoʻnalish boʻyicha har bir hududdan 5 ta birinchi, 5 ta ikkinchi va 5 ta uchinchi oʻrin, jami 210 ta videorolik gʻolib va sovrindor sifatida aniqlanadi.
Ayni vaqtda joylashtirilgan videoroliklar ishchi guruhi tomonidan Nizom talablari asosida koʻrib chiqilmoqda.