Ertaga, 17-dekabr soat 11:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutasaddi xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati, maqsad va vazifalari, amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma'lumot taqdim etiladi.
Barcha OAV vakillari taklif etiladi va oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
90 732 53 59 (telegram)
71 244 24 09