O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʼzbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyiha BMT tomonidan maqullandi

2019-12-11 | Turizm

14 noyabr kuni BMT Bosh Аssambleyasi 74-sessiyasining Ikkinchi qoʼmitasida Oʼzbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” rezolyutsiya loyihasi bir ovozdan qabul qilindi, - deb хabar beradi BMTning yangiliklar xizmati.  

Rezolyutsiya loyihasida aʼzo davlatlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy barqarorlik va turg’un rivojlanishga qoʼshayotgan salmoqli hissasini qayd etdilar. Ular mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar va tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Ushbu hujjatni qabul qilish tashabbusi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 24 – 26-aprel kunlari Pekinda (XXR) boʼlib oʼtgan “Bir makon, bir yoʼl” Xalqaro forumida bildirilgan edi.

“BMT Bosh Аssambleyasi aʼzo davlatlarga, boshqa manfaatdor tomonlarga va Butunjahon turizm tashkilotiga, oʼz mandatiga muvofiq hamda mavjud manbalar doirasida harakatlanib, Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan mintaqada masʼuliyatli va barqaror turizmni rivojlantirish boʼyicha amalga oishirilayotgan faoliyatni qoʼllab-quvvatlashni taklif qiladi”.

Аsosiy qoʼmitalar tomonidan konsensus yoki ovoz berish yoʼli orqali tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar va rezolyutsiyalar loyihalari plenar yigʼilishlarda yakuniy tasdiqlash uchun BMT Bosh Аssambleyasiga taqdim etiladi.

Bu jarayonda ular odatda oʼzgarishlarsiz va ovoz berish natijalari qoʼmitalarda boʼlgani kabi qabul qilinadi. Ikkinchi qoʼmitada iqtisodiy rivojlanish masalalari, ilgʼor texnologiyalar bilan ishlashdagi kamchiliklarni bartaraf etishdagi muammolar va rivojlanish maqsadlari uchun mablagʼlar jalb qilish usullari muhokama qilinadi. Tekshirish natijalariga koʼra rezolyutsiya loyihasi konsensus asosida qabul qilindi (BMTning barcha 193 aʼzosining bir ovozdan roziligi).

Markaziy Osiyo mamlakatlari nomidan hujjatlarni Oʼzbekiston delegatsiyasi taqdim qildi. Hammuallif boʼlib 53 davlat chiqdi. Rezolyutsiya loyihasi Bosh Аssambleyaning 2019-yil dekabr oyida boʼladigan plenar yigʼilishida rasman tasdiqlanadi.  

Поделиться