O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuviga oid
2017-12-13 | Siyosat
2017-yilning 12-dekabr kuni mamlakatimizga Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning rasmiy tashrifi arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining to‘rt kunlik uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuv doirasida 2017-yilning 5-sentabridagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kirmagan O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara uchastkalarini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom etdi.