O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv
2017-12-12 | Siyosat
017-yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pavol Ivanni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Elchining 2013-2017-yillar mobaynida O‘zbekistondagi samarali faoliyati natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanganligi va mustahkamlanganligi qayd etildi.
Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasi uchun yaratilgan qulay sharoit va qo‘llov uchun minnatdorchilik bildirdi.