O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mahallalar, ko‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 114 mingdan ortiq videokuzatuv vositasi o‘rnatildi
2017-12-07 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda yangi dastur va rejalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
“Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mahallalar, ko‘chalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 114 mingdan ortiq videokuzatuv vositasi o‘rnatildi. Ularning yordamida 10 mingga yaqin jinoyat fosh etildi”, dedi davlatimiz rahbari.