O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT Tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga oid

2017-12-11 | Siyosat

2017-yilning 7-8-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining 24-majlisida ishtirok etdi.

Avstriya Respublikasining YXHTga raisligi doirasida Vena shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda a’zo mamlakatlar va hamkor davlatlarning tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy xavfsizlik, tashkilotning yangi tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashdagi salohiyatini mustahkamlash, xususan noqonuniy giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirlar Italiyaning 2018-yilda YXHTga bo‘lajak raisligi yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi Vena shahriga tashrifi davomida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Yuriy Fedotov bilan uchrashdi va muzokaralar olib bordi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bilan BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida 2018-2019-yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorliklari bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Shuningdek, TIV delegatsiyasi YXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida 2018-2019-yillarda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini hayotga tadbiq etishni ko‘zda tutuvchi ikki tomonlama hujjat imzolandi.

YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi YXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir, Estoniya tashqi ishlar vaziri Sven Mikser, Ruminiya davlat kotibi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jorj Siamba bilan uchrashdi.

Поделиться