O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev: Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma tashkil etmoqchimiz
2017-12-07 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan prinsip har bir pog‘onadagi rahbar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak", deb ta’kidladi.
Muntazam ravishda joylarga chiqib, odamlarning ehtiyojlari, muammolari bilan yashash va ularning yechimini topish vazifasi mansabdorlar tomonidan xo‘jako‘rsinga emas, balki amalda ta’minlanishi shart.
Shu munosabat bilan bu yil tashkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlarimizning ko‘plab muammolarini yechishda amaliy yordam beradigan yaxlit tizimga aylandi. Bir yilda 1,5 millionga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
"Shu bilan birga, fuqarolarimizning og‘irini yengil qilish, kundalik muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma tashkil etmoqchimiz.
Bu tuzilmaga Tezkor davlat xizmatlari agentligi deb nom bersak, ayni muddao bo‘lardi. Chunki, u tezkor ravishda, markazlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatadigan idora bo‘ladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.