O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2019-10-14 | Siyosat
2019-yilning 13-oktabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Boku shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.
Vazirlar O‘zbekistonning Turkiy kengashda to‘la huquqli ishtiroki yuzasidan bir-birlarini samimiy tabrikladilar va bu tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik salohiyatini keskin oshirishiga ishonch bildirdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligining dolzarb masalalari, uni aniq yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni ikki tomonlama hamda Turkiy kengash shaklida yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.