O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani to‘g‘risida

2019-10-14 | Siyosat

2019-yilning 11-oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi va Grenada o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma Kommyunikeni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botir Asadov va Grenadaning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Firer imzoladi.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi va Grenada ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa amal qilgan holda 1961-yil 18-apreldagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, 1963-yil 24-apreldagi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq va BMT Nizomida belgilangan tamoyillar asosida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qilganlari qayd etiladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat elchilari tomonidan O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Поделиться