O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sohada sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalar soni ortmoqda

2018-01-11 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 189 - sonli qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2017 yil davomida jami 123 ta tadbirkorlarga turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi “Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi

355 - sonli qarorga muvofiq Qo‘mita tuzilmasidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” tomonidan jami 91 ta yangi tashkil etilgan joylashtirish vositasi (mehmonxona)larga tegishli muvofiqlik sertifikatlari berildi.

Поделиться