O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kasaba uyushmalari – ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida

2018-01-08 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan respublikamiz hududlaridagi har bir mehnat jamoasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Farmonnig mazmun-mohiyatini har bir yurtdoshimizga yetkazish maqsadida kasaba uyushmalari nashri bo‘lgan “Ishonch” gazetasining 2018 yil 1 yanvardagi 1-sonida va Federatsiya Kengashining Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-Portalida “Uzaytirilgan dam olish kunlari – haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi” mavzusidagi tahliliy material chop etilib, o‘quvchilarga keng tushuntirish berildi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan uzaytirilgan dam olish kunlarida korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda ular oila a’zolarining maroqli dam olishini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlarida maxsus shtablar tashkil etilib, “Respublika korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun ichki turizm va faol dam olish ishlarini tashkil qilish rejasi” ishlab chiqildi hamda unga muvofiq tizimli tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2017 yilning 30 dekabridan 2018 yilning 4 yanvariga qadar jami, 18 ming 607 nafar xodim va ular oila a’zolarining o‘zlari yashab turgan hududlar hamda respublikamizning boshqa hududlaridagi diqqatga sazovor maskanlar – tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlarga sayohatlari tashkil etildi.

Shu jumladan, kasaba uyushmalari tomonidan:

530 nafar Jizzax viloyati mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Samarqand viloyati va Toshkent shahriga;

844 nafar Qashqadaryo viloyati mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Buxoro, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahriga;

50 nafar Toshkent shahri mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Samarqand viloyatiga;

20 nafar Sirdaryo viloyati mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Toshkent shahriga;

330 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Xorazm viloyatining Xiva shahriga;

80 nafar Andijon viloyati mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Qo‘qon shahriga;

100 nafar Xorazm viloyati mehnatkashlari va ularning oila a’zolarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumaniga sayohatlari tashkil qilindi.

Turli soha xodimlari bilan bo‘lgan muloqotlar chog‘ida ular tashkil etilgan sayohatlarning bayram kunlarida ayni ko‘ngildagidek sovg‘a bo‘lgani hamda unutilmas taassurotlar qoldirganini ta’kidladilar.

– Prezidentimizning “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmonini barchamiz juda katta xursandchilik bilan kutib oldik, – dedi sayohat ishtirokchilaridan biri – Andijon viloyatilik Nodiraxon Ayubova. – Bayram kunlari oila a’zolarimizning jam bo‘lishi, farzandlarning ta’til kunlarida ota-onalar bilan birga hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Mehnatkashlar va ularning oila a’zolari uchun tashkil etilgan sayohatlar dam olish kunlarimizning yanada maroqli bo‘lishini ta’minladi. Davlatimiz rahbariga mana shunday ajoyib imkoniyatlarni yaratib berganliklari uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Davlatimiz rahbarining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida belgilangan barcha bayram kunlarini xuddi shu tarzda ko‘tarinki ruxda tashkil etish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda tizimli ishlarni amalga oshirishda davom etadi.

Поделиться