O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar turizmi: Jizzaxlik yoshlarning Samarqandga sayohati

2018-01-11 | Turizm

2018 yilning 10 yanvar kuni Yoshlar ittifoqi hamkorligida Jizzax viloyatidan 100 nafar yoshlar va Ishtixon tumani Yoshlar ittifoqining 300 nafar faollari Samarqand shahriga tashrif buyurishdi.

Yoshlarning mazkur sayohatini amalga oshirish jarayonida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Davlat dasturi doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida transport, tarixiy obidalar chegirmalar asosida tashkil etildi.

Tashkil etilgan ushbu sayohat davomida yoshlar Samarqand viloyati Poyariq tumani “Imom Al-Buxariy” ziyoratgohi, Samarqand shahridagi “Amir Temur” maqbarasiga tashrif buyurushdi, shuningdek, muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xotiralarini yod olib, haykali poyiga gul qo‘yishdi, “Registon” maydoni, “Ulug‘bek rasadxonasi” va boshqa madaniy meros obyektlariga ham sayohat qilishdi.

Sayohat qiziqarli hamda maroqli o‘tdi va yoshlarda katta ijobiy taasurotlar qoldirdi.

Поделиться