O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Voqealar

b2d08aea-b4f0-68fe-c526-b6cc522b1bdd.jpg

Toshkentda keng koʻlamli “Made in Uzbekistan” eksport koʻrgazmasi

27.11.2018

2018-yil 27-30-noyabr kunlari Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz” MKMning 3-4 pavilionlari va 2-atriumida birinchi “Made in Uzbekistan” eksport koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkaziladi. Koʻrgazma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan “Oʻzekspomarkaz” AJ MKM va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

bdec019c-52b2-31f2-6fa6-828bcc67e413.png

Samarqand shahrida inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi

22.11.2018

Oʻzbekistonda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbirlar tashkil etiladi. Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtadi. Forumda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, Osiyo qitʼasida joylashgan davlatlarning inson huquqlari himoyasi bilan shugʻullanuvchi institutlari rahbarlari, huquqshunos olimlar va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.

b1897824-c195-bc45-f834-c0560864dbba.jpg

Oʻzbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi

21.11.2018

2018-yilning 21-24-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Bryussel shahrida boʻladi.

b46c585a-d28a-6761-11fb-4af947367773.png

Turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forum

19.11.2018
db54ca9a-fb3b-3f00-b438-2742089acf11.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bаyrog'i qabul qilingan kun

18.11.2018

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

1d5714d2-6ef3-24d3-4068-1295a3b7a14b.jpg

Buxoroda saylovga oid xalqaro konferensiya

16.11.2018

Joriy yilning 16-17-noyabr kunlari Buxoro shahrida “Saylov qonunchiligini takomillashtirish va demokratik saylovlar: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

cb158842-895d-a938-7e7d-136b8c42fc2d.jpg

VII Sankt-Peterburgdagi xalqaro madaniyat Forumi

15.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi.

822ff408-d667-0d4a-33dc-3ee4bbe68ac5.png

Transport va logistika – TransUzbekistan 2018

14.11.2018

Joriy yilning 14-16 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Transport va logistika – TransUzbekistan 2018” oʻn beshinchi xalqaro koʻrgazmasi tashkil etiladi.

d14b5dd7-51b7-c9a9-4710-a59be4c1fb4b.jpg

Securika Central Asia 2018

14.11.2018

Joriy yilning 14-16 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Qoʻriqlash, xavfsizlik va yongʻinga qarshi himoya – Securika Central Asia 2018” oʻninchi xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. 

b2d08aea-b4f0-68fe-c526-b6cc522b1bdd.jpg

“Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi

14.11.2018

2018 yilning 14-16 noyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da Oʻzbekiston iqtisodiyoti yutuqlarini aks ettiruvchi “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.