O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
VII Sankt-Peterburgdagi xalqaro madaniyat Forumi
2018-11-15
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi.
Ushbu Forum 2012-yildan buyon oʻtkazilib kelinmoqda. Taʼkidlash joizki, bu kabi madaniy forumlar soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish maydoni boʻlib xizmat qiladi.
Sankt- Peterburg xalqaro madaniy forumining asosiy maqsadlaridan biri bu:
Madaniyat insoniyat merosi sifatida rivojlantirilishiga qaratilgan milliy, davlatlararo, global dasturlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro maydonda amalga oshirishdir. Jahon va mahalliy miqiyosida madaniyatning milliy qadriyatlarni saqlab qolgan holda, zamonaviy jamiyatni rivojlantirishda yangi samarali mexanizmlarni yaratish va samaradorligini taʼminlashdir.
Madaniyat sanoatini joriy etish, yaʼni madaniyat oʻzini-oʻzi ijtimoiy muhitini yaratishda va uni rivojlantirishda hamda oʻzini boshqarishda samaradorligini oshirishdir.
Madaniyat vaziri bu Forumda madaniyat va sanʼat sohasida strategik ahamiyatga ega uchrashuvlar va kelishuvlarni amalga oshirishni koʻzda tutgan. Albatta rivojlanayotgan davlatimizga yangi tajriba, hamkorlik shartnomalari va doʻstona kelishuvlar zarurdir.
Forum tashkilotchilari: Rossiya Federatsiyasi hukumati, Madaniyat vazirligi, Sankt-Peterburg hukumati.