O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Transport va logistika – TransUzbekistan 2018

2018-11-14

Joriy yilning 14-16 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Transport va logistika – TransUzbekistan 2018” oʻn beshinchi xalqaro koʻrgazmasi tashkil etiladi.

Oʻzbekiston, Xitoy, Latviya, Litva, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Eron, Qozogʻiston, Turkmaniston kabi mamlakatlarning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etishi kutilayotgan ushbu anʼanaviy koʻrgazmada transport-logistika xizmatlari, harakatdagi poyezdlar va temir yoʻl infratuzilmasi, avto ehtiyot qismlar, tijorat transporti, yoʻl infratuzilmasi, trafik va xavfsizlik hamda tegishli xizmatlar taqdim etiladi.
 
– Transport va logistika bozori professionallari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlashda ushbu koʻrgazmaning alohida oʻrni bor, – dedi “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi marketing menejeri Bahrom Toʻychiyev. – Chunki unda ishtirokchilar uchun biznes aloqalarni oʻrnatishda katta maydon yaratiladi. Ular bu yerda nafaqat oʻz imkoniyatlarini taqdim etadi, balki barcha ishtirokchilar faoliyati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq boʻladi. Bu esa har bir kompaniyaning kelgusi rejalarini belgilashda ahamiyatlidir.
 
Eslatib oʻtamiz, koʻrgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi tomonidan va Oʻzbekiston xalqaro ekspeditorlar (UIFA), Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar (AIRCUZ) hamda Bojxona brokerlari uyushmalari koʻmagida oʻtkaziladi.
 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Transport va logistika – TransUzbekistan 2018

Поделиться