O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi
2018-11-21
2018-yilning 21-24-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Bryussel shahrida boʻladi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida, “Yevroittifoq – Markaziy Osiyo” mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi hamda Bryussel shahrida YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy komissari Federika Mogerini, YIga raislik qilayotgan Avstriya Tashqi ishlar vaziri Karin Knyaysel, Belgiya Tashqi ishlar vaziri Didye Reynders va boshqa rasmiy shaxslar bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.