O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT

Toshkentda RIPE NCC Days konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

23.09.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkentda RIPE NCC Days konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

IT Park jamoasi 2022-yilgi “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida 3-oʻrinni egalladi

19.09.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

2022-yilgi “WorldSkills International” Yevroosiyo chempionatida “Mobil robototexnika” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan IT Park jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

14.09.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida senatorlar “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.

IT Park rezidentlari hamda vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi

12.09.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida 2022-yil 9-sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkilotlarning biznes jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlarining (Chief Digital Officer) IT Park rezidentlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

“AQShga o‘qishga topshirayotganimni uydagilar bilishmasdi” – AQShda o‘qiyotgan hamyurtimiz bilan suhbat

08.09.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Iqtidorli qizlardan biri bo‘lgan Sabina Nabiyeva hozirda AQShdagi Arizona universitetida ta’lim olmoqda.

SHHT mamlakatlari ekspertlari axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qiladi

07.09.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi bo‘lib o‘tdi.

TShIUda “International Ideathon Central Asia 2022” bo‘lib o‘tadi

06.09.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

2022-yilning 9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan talabalar uchun “International Ideathon Central Asia 2022” (https://events.sap.com/ideathon-2022/en/home) uch kunlik oflayn tadbirni o‘tkaziladi. Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti va SAP hamkorligida tashkil etildi.

AKT vaziri Urganchda “UZINFOCOM” Yagona integratori filiali faoliyati bilan tanishib, filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi

30.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida joriy yilda IT Park filialida yangidan faoliyat boshlagan “UZINFOCOM” Yagona integratori Xorazm filiali faoliyati, filialda amalga oshirilgan ishlar hamda mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.     

AKT vaziri Urganchda IT Park faoliyati bilan tanishdi

30.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida IT Park filialiga bordi.

IT sohasi vakillari bilan uchrashuv

29.08.2022JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Namangan viloyati hokimi “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

25.08.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yilning 29 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shu dargohda bo‘lib, IT sohasi vakillari bilan muloqot qilgandi.

AKT vaziri Sherzod Shermatov IT Park Samarqand filialiga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi

24.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida IT Park Samarqand hududiy filialiga tashrif buyurdi. 

Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan 3 ta yirik loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi

24.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida IT va startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha J.Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan 3 ta yirik loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Prezidentning “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi

23.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 2022- yil 22-avgust kuni Prezidenting “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.

TATUning 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi, talabalarga qulay sharoit yaratish va ta’lim sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi

22.08.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, u yerda qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektdagi qurilishlarning holati va 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari bilan tanishdi.

Joriy etilgan my.gov.uz, ijro.gov.uz, pm.gov.uz, project.gov.uz, regulation.gov.uz kabi qator axborot tizimlari orqali aholi va tadbirkorlarni rozi qilish hamda idoralararo hamkorlikni oshirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi

10.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni joriy etishda bevosita ishtirok etayotgan vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining shu masalada mas’ul bo‘lgan rahbarlari bilan video selektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Ozarbayjon Respublikasidan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ozarbayjon Respublikasidan iborat delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Dastlab, Ozarbayjonning Azln Telecom raqamli rivojlantirish va transport vazirligi mutaxassislari “Unicon.uz” DUK, so‘ngra “Unicon. Soft” MJCH jamoasi bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekistonda “AntiHack Challenge” turniri o‘tkaziladi

08.08.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

11-avgust kuni kiberxavfsizlik bo‘yicha “AntiHack Challenge” turniri bo‘lib o‘tadi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT Park, Cisco va digital operator Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.

Samarqand viloyati hokimi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurdi

05.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Astrum” IT akademiyasiga tashrifi doirasida viloyat hokimlariga bir oy muddatda “Astrum” IT akademiyasiga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq bergandi. Shu belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Pochta aloqasi faoliyatida boshqaruv axborot tizimlarini kengroq joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

04.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 3-avgust kuni pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi bilan tanishish maqsadida Toshkent shahridagi 100-son pochta aloqa bo‘limiga bordi.