O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vaziri Urganchda “UZINFOCOM” Yagona integratori filiali faoliyati bilan tanishib, filial faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi
2022-08-30 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida joriy yilda IT Park filialida yangidan faoliyat boshlagan “UZINFOCOM” Yagona integratori Xorazm filiali faoliyati, filialda amalga oshirilgan ishlar hamda mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Yagona integratorning Xorazm filialida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan muloqot qildi. AKT vaziri muloqot davomida filial faoliyatini rivojlantirish hamda IT sohasiga xotin-qizlarni ko‘proq jalb etish to‘g‘risida o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilning aprel oyidan IT Park binosida faoliyat boshlagan “UZINFOCOM” Yagona integratori Xorazm filialida bugungi kunda 30 nafarga yaqin malakali IT mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yagona integrator Xorazm filiali jamoasining asosiy qismini yosh yigit va qizlar tashkil etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi