O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentning “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi

2022-08-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 2022- yil 22-avgust kuni Prezidenting “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.

Unga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 2022-2023 yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:

2022 -yil yakuniga qadar:

aholi yashash maskanlarining keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrovini 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga

yetkazish;

40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish hamda qo‘shimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash imkoniyatini yaratish orqali optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;

elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar sonini 2 barobar oshirib4 millionga yetkazish;

hududlarda yoshlar uchun zarur ko‘nikmalar va kafolatlangan buyurtmalar bilan ta’minlaydigan markazlarni yaratish orqali

IT-xizmatlar eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazish;

 2023- yil yakuniga qadar:

raqamli texnologiyalar sohasida masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish orqali yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning axborot texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish;

davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 dan ortiq axborot tizimi va dasturiy mahsulotlarni joriy etish.

 2022-2023- yillar uchun:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi;

davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati;

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati muvofiq;

ayrim davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining idoraviy raqamli transformatsiya jarayonlarini kompleks jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ;

hududlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi.

2022- yil 1- oktabrdan boshlab operator

va provayderlarga telekommunikatsiya ob’ektlarida texnik vositalarni o‘rnatish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga topshirilgan sanadan boshlab qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi, bunda loyiha-smeta hujjatlari 15 kunlik muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.

2022- yil 1 -sentabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlar eksporti markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida 2022- yil 1- noyabrdan:

mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;

identifikatsiyalovchi ID-kartaga joylashtirilgan elektron raqamli imzo kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining 2023- yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollari bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.

2022- yil 1- oktabrdan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.

2023- yil 1 -yanvardan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida o‘z ichiga oluvchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi ishga tushiriladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2023- yil 1- yanvarga qadar yagona elektron hujjat aylanish tizimi, xabarlar almashish messenjeri, yig‘ilish va tadbirlar kalendari, himoyalangan elektron pochta va videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining avtomatlashtirilgan ish joyi – “Digital office” elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Digital office” tizimi) ishlab chiqilishini va birinchi bosqichda, sinov tariqasida vazirlik tizimida, keyinchalik barcha davlat organlarida joriy etilishini ta’minlanadi.

2022- yil 1 -oktabrdan boshlab davlat axborot tizimlari va resurslarining ma’lumotlari:

idoralararo hamkorlik maqsadlarida foydalanish uchun – “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali beg‘araz asosda;

tijorat maqsadlarida foydalanish uchun – “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali to‘lov asosida taqdim etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlariga davlat axborot tizimlari

va resurslari ma’lumotlarini davlat organi va tashkiloti bo‘lmagan uchinchi shaxslarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish orqali taqdim etish taqiqlanadi.

2022 -yil 1 -oktabrdan boshlab davlat axborot tizimlari va resurslari “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq bosqichma-bosqich joylashtiriladi, saqlanadi va qayta ishlanadi;

b) 2023- yil 1 -yanvardan boshlab:

davlat axborot tizimlari va resurslari ma’lumotlarini saqlash

va qayta ishlash uchun server qurilmalari va uskunalarini xarid

qilish – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

axborot tizimlariga hujumlar hamda tahdidlarni aniqlash

va ularning oldini olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan intellektual tizimlarni, shuningdek, aloqa texnik kanallari orqali maxfiy axborot tarqalishidan himoya qiladigan texnik vositalar hamda dasturiy mahsulotlarni xarid qilish, ishlab chiqish va joriy qilish – kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohasidagi tijorat tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (ta’sischi, ishtirokchi) vakolatlarini amalga oshiradi.

2023- yil 1 -yanvardan boshlab barcha vazirlik

va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ustav

kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda – davlat organlari

va tashkilotlari) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalar monitoringi - “NIS.UZ” idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi, ular bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hisobi - Davlat statistika qo‘mitasining statistik hisobotlarida yuritiladi.

2022- yil 1- oktabrdan boshlab 7 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bosqichma-bosqich majburiy tartibda sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться