O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IT Park rezidentlari hamda vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi

2022-09-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida 2022-yil 9-sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkilotlarning biznes jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida vazirlik va idoralarning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlarining (Chief Digital Officer) IT Park rezidentlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Yig‘ilishda 60 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda 30 dan ortiq IT Park rezidentlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, ularning raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishdagi o‘rni, biznes jarayonlarini optimallashtirish va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, IT Park rezidentlari jahon tajribasiga asoslangan raqamli transformatsiyalar, joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ushbu texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaralari haqida ilg‘or loyihalar taqdim etildi.

Xususan, IT Park rezident kompaniyalari biznes-jarayonlarni optimallashtirish, tashkilotlardagi moddiy boyliklar harakatini hisobga olish texnologiyalari va kompaniyalar tomonidan foydalaniladigan resurslarni optimallashtirish orqali tashkilot xarajatlarini o‘rtacha 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi boshqa loyihalar taqdim etildi.

Shuningdek, IT Park rezidentlarini roʻyxatga olish va monitoring boʻlimi boshligʻi Lazizbek Xudayev “IT-Market” maxsus axborot portali taqdimotini oʻtkazdi. Taqdimot davomida “IT-Market” haqida batafsil ma’lumot berilib, portalning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari va yangi imkoniyatlarni joriy etish xususida  toʻxtalib oʻtildi.

Bundan tashqari, tadbirda oʻz ma’ruzalari bilan “EPAM Systems” kompaniyasining IT-ta’lim boʻlimi boshligʻi Tatyana An IT boʻyicha oʻquv kurslarini rivojlantirish, kompaniya SAP konsalting boʻyicha menejeri E. Kanoplich ERP tizimini joriy etish mavzusida soʻzga chiqdilar. Bundan tashqari, “Verifix” va “Smartup X” kabi shaxsiy loyihalarni “Green White Solution” MChJ rivojlantirish boʻyicha menejeri A.Sultonov va “Uzinfocom”ning MyID (biometrik identifikatsiya) mutaxassisi R.Allavutdinov taqdimot bilan ishtirok etdi.

Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar barcha tashkilotlarda joriy etilishi mumkin bo‘lgan naxborot texnologiyalarini haqida o‘z tajribalari bilan ulashishdi.

“Biz mahalliy IT-biznesni kengaytirish va rivojlanishning barcha bosqichlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy sektor bilan muloqot uchun doimo ochiqmiz. Bugungi kunda IT-sohasi butun dunyoda iqtisodiyotning barcha sohalarining ajralmas qismi bo‘lib turgan bir paytda, ham hukumat, ham davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashni hisobga olgan holda, xususiy IT-sektor muhim o‘rin tutadigan IT-xabga aylanishi uchun sohani jadal rivojlantirishni davom ettirishimiz kerak”, — dedi AKT vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos.

Ushbu uchrashuv natijasida barcha ishtirokchilariga tajriba almashish, mavjud muammolarni va tashkilotlarni raqamlashtirish bo‘yicha echimlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratib berdi.

Ishtirokchilar tomonidan respublikaning barcha sohalarida raqamlashtirish masalalarini yanada jadallashtirish maqsadida bunday uchrashuvlar muntazam ravishda o’tkazish zarurligi qayd etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться