O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IT sohasi vakillari bilan uchrashuv
2022-08-29 | Jamiyat
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori Mehroj Rashidov, "AI com" kompaniyasi rahbari Ulug'bek Ismatov, “Tass vision” asoschisi Shaxzod Umirzakov, "GPTuzAI" kompaniyasi direktori Rozmat Safarov va boshqalar ishtirok etdi.
Soha vakillari o'z faoliyati haqida ma’lumotlarni taqdim etib, loyihalar taqdimotini o'tkazdilar.
Interaktiv muloqot davomida Vazirlik markaziy apparati va xorijiydagi diplomatik muassasalar faoliyatiga zamonaviy IT-texnologiyalarni joriy etish, diplomatiya sohasida, ayniqsa konsullik-huquqiy xizmatlar ko'rsatishda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, “Big Data” ni saqlash va qayta ishlash, AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida qo'shma IT-platforma yaratish masalasini ishlab chiqish bo'yicha kelishib olindi. Mazkur platformaning asosiy maqsadi o’zaro fikr va tajriba almashish, shuningdek raqamlashtirish sohasida aniq amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi