O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi

29.01.2018Siyosat

XI asrda yashagan Abu Muin Nasafiy bobomiz aqida ilmining buyuk namoyondalaridan biri. Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya ta’limotining dunyoda keng miqyosda tarqalishida muhim rol o‘ynagan. Islom dini sofligini saqlash, aqidaparastlikka qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida dafn etilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi MKK majlisida ishtirok etadi

29.01.2018ShHT

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 2018-yil 30-yanvar kuni Pekin shahrida (Xitoy) o‘z ishini boshlaydi.

FMIda O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlariga start berildi

29.01.2018Siyosat

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining 2017-2018 yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A.Xudoleev boshchiligidagi delegatsiya 2018 yil 25 yanvar kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

G‘alaba muborak, yosh chempionlar!

28.01.2018Siyosat

Joriy yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 28 yanvar kuni  “O‘zbekiston” mehmonxonasida muzaffar sportchilarimizni sharaflashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Milliy maqom san’ati rivojlanadi

28.01.2018Siyosat

Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xalqimiz madaniyatini asrash va rivojlantirishga muhim zamin bo‘ladi. Qarorga muvofiq, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivali o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi

28.01.2018Siyosat

“Vunderkind” nomli mazkur bog‘chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o‘rgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezident Shahrisabz shahridagi "Dorut-tilovat" majmuasini ziyorat qildi.

28.01.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahrining tarixiy markazida joylashgan "Dorut-tilovat" majmuasini ziyorat qildi.

 

 

Prezident hamdardlik bildirdi

28.01.2018Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga Kobul shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanni qayta saylangani bilan tabrikladi

28.01.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga uning Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

26.01.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv

26.01.2018Siyosat

2018-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

Strategik loyihalar elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanadi

26.01.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2026-yilgacha quriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident hamdardlik bildirdi

26.01.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inga Miryan shahridagi shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari bilan bo`lib o`tgan uchrashuv to`g`risida

26.01.2018Siyosat

Joriy yilning 25 yanvar kuni Tashqi savdo vazirligida Germaniyaning Markaziy Osiyo bo`yicha xalqaro hamkorlik jamiyati  dasturi rahbari D.Oberxuber bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Xitoy Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv

26.01.2018Siyosat

2018-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Chjan Venchuanni qabul qildi.

Neft-gaz sohasi samaradorligi va istiqbollari muhokama qilindi

25.01.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 25 yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar

25.01.2018Siyosat

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning birinchi ustuvor yo‘nalishidir.

Toshkentda Prezidentning yangi farmoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda

25.01.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzurida tashkil etilgan Press-hall ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.