O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

FMIda O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlariga start berildi

2018-01-29 | Siyosat

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining 2017-2018 yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A.Xudoleev boshchiligidagi delegatsiya 2018 yil 25 yanvar kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

2018 yil 27 yanvarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida ikki mamlakat qutqaruvchilari hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev tadbirni ochiq deb e’lon qildi va ikki davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, avariya-qutqaruv asbob anjomlari, maxsus texnika vositalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, zilzilani simulyatsiya qilish markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Shuningdek, mehmonlar poytaxtimizning Yashnobod tumanida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida bo‘ldilar. O‘quv mashqida ikki davlat qutqaruvchilari shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyat – zilzila oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi, shuningdek mehmonxona binosining qulashi natijasida jabrlanganlarni qutqarish ishlarini amalga oshirishdi. Mazkur tadbirda, tuman hokimiyati vakillari, FVDT kuch vositalari, Fuqaro muhofazasi institutining magistrlari, Davlat texnika universiteti talabalari hamda Olmazor politexnika kasb-hunar kolleji qutqaruvchi o‘quv guruhi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti joriy yilning 28-29 yanvar kunlariga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida “Tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya qilish tadbirlarini olib borishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Поделиться