O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasi MKK majlisida ishtirok etadi
2018-01-29 | ShHT
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 2018-yil 30-yanvar kuni Pekin shahrida (Xitoy) o‘z ishini boshlaydi.
Uchrashuv doirasida ShHT Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, tashkilot kun tartibidagi boshqa qator mavzularni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.