O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Italiya terrorni qoralaydi va tinchlik yo‘lidagi hamkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi

27.03.2018Siyosat

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada so‘zlagan Italiyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Alberto Piyeri terrorizmni keskin qoralashini bildirdi. 

Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi o‘z ishini davom ettiradi

27.03.2018Siyosat

So‘z BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamotoga: – Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi muhim ahamiyatga ega. Shunday bo‘lsa-da, afg‘on diyorida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha qator kelishuvlar va uchrashuvlar tashkil etilganini eslab o‘tish o‘rinli. Biroq bu kelishuvlarga barcha tomon birdek amal qilishi kerak. Hatto “Tolibon” harakati a’zolari ham.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.Mirdad: Toshkent konferensiyasi tinchlik va taraqqiyotga xizmat qiladi

27.03.2018Siyosat

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya faqat Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlashgagina xizmat qilib qolmaydi. Balki, butun dunyoda diniy ekstremizm, terrorizm bilan kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

“Tolibon” vakillarini gaz quvurlarini qo‘riqlashga jalb etish kerak

27.03.2018Siyosat

Arkadiy Dubnov, Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert: – Bugungi konferetsiyaga Rossiyadan bir guruh vakillar kelganmiz. Biz anjuman qanday natija beradi degan savol atrofida bahs munozaralar qilyapmiz. Bir guruh do‘stlarimiz Toshkentda o‘tayotgan bu anjuman sal vaqtliroq tashkil etildi, Afg‘oniston hali bunga tayyor emas demoqda.

Turkmaniston ham O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida so‘zga chiqqan Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari V.Xadjiyev Afg‘oniston bilan turli sohalarda, xususan, elektr energiyasi, transport logistikasi, fan-ta’lim yo‘nalishida yaxshi aloqalar o‘rnatilgani haqida gapirdi.

Muhammad Javed Chaudre: 2018 yil – Afg‘oniston muammosini hal etish yili bo‘lishi kerak

27.03.2018Siyosat

Pokistonlik jurnalist Muhammad Javed Chaudre O‘zA muxbiriga Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining ahamiyati haqida so‘zlab berdi: – Afg‘onistondagi notinchlik birinchi navbatda unga qo‘shni davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda biz Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy Toshkent tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz, – dedi Muhammad Javed Chaudre. 

Afg‘onistonni gullab-yashnashi hammamizning maqsadimiz

27.03.2018Siyosat

Hindiston tashqi ishlar vaziri Mubashar Javed Akbar poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgani u uchun sharaf ekanligi va bu anjuman ularga katta umid berayotganini alohida ta’kidladi. 

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Aslov: terrorchi kuchlarning Afg‘oniston hududini o‘zining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishdagi platsdarmga aylantirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi davom etadi. Navbat Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Aslovga. 

O‘zbekiston tashabbuslari yuzasidan Qozog‘iston o‘z pozitsiyasini bildirdi

27.03.2018Siyosat

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida Qozog‘istonning Tashqi ishlar vaziri K.Abdurahmonov bu harakatlar muvozanatni saqlash, barqaror tinchlikka erishish yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidladi. Qozog‘iston bu boradagi mintaqada bo‘ladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Dunyo xavfsizligi va taraqqiyotida yangi bosqich

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston SEO va XAIRMAN kompaniyasining maxsus vakili Saad Mohseni.

Muhammad Javad Zarif: Afg‘onistondagi notinchlikning asl sababi bu yerda xorijiy davlatlar harbiy kuchlarining joylashtirilgani va bunga barham berish kerak

27.03.2018Siyosat

Poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada so‘zlagan Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif qariyb qirq yildan beri davom etib kelayotgan afg‘on urushi nafaqat Afg‘oniston, balki qo‘shni davlatlar uchun ko‘plab muammolar paydo qilganini ta’kidladi.

“Birgalikdagi faoliyatimiz afg‘on xalqiga tinchlik olib keladi”

27.03.2018Siyosat

Xalqaro forumlar saroyida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Baodun Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi.

Tomas Shennon: Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusi g‘oyat ahamiyatlidir

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon so‘zga chiqdi.

Sergey Lavrov: Toshkent konferensiyasi o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim tashabbus

27.03.2018Siyosat

Xalqaro forumlar saroyida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali Toshkent xalqaro konferensiyasi davom etmoqda.

Mevlut Chavusho‘g‘lu: O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga oid tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz

27.03.2018Siyosat

Poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu so‘zga chiqdi. 

Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif so‘zga chiqdi

27.03.2018Siyosat

– Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlashga katta mas’uliyat bilan yondashayotgan O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz, – dedi Xavaja Muhammad Asif. – Bugun O‘zbekistonning mintaqada do‘stona aloqalarni mustahkamlab, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan sa’y-harakatlari juda muhimdir.

Toshkent xalqaro konferensiyasida Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni so‘zga chiqdi

27.03.2018Siyosat

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi ishchan ruhda davom etmoqda.

Federika Mogerini: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun “Tolibon” muzokara uchun o‘zida kuch topishi kerak

27.03.2018Siyosat

Poytaxtimizda ochilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini ma’ruza qildi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterrish videomurojaat yo‘lladi

27.03.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tayotgani munosabati bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterrish videomurojaat yo‘lladi. Unda ushbu konferensiya Afg‘onistonda tinchlikka erishishga xizmat qilishi qayd etildi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini rasmiy Toshkent tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

27.03.2018Siyosat

– Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash mintaqaviy hamkorlikni talab qiladi. Bu jarayonda Markaziy Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlar kelishuvi g‘oyat muhim masaladir, – dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini. – Shu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Muhammad Ashraf G‘ani tashabbusi Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Va albatta, bu boradagi sa’y harakatlarni Yevropa Ittifoqi ham qo‘llab-quvvatlaydi.