O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif so‘zga chiqdi

2018-03-27 | Siyosat

– Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlashga katta mas’uliyat bilan yondashayotgan O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz, – dedi Xavaja Muhammad Asif. – Bugun O‘zbekistonning mintaqada do‘stona aloqalarni mustahkamlab, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan sa’y-harakatlari juda muhimdir.

Pokiston har doim Afg‘onistonda tinchlikni saqlash tarafdori bo‘lib kelgan. Bundan keyin ham bu yo‘lda sobitqadamlik bilan harakat qilamiz. 
 
Pokiston Afg‘oniston xalqi va hukumatini hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bugun ko‘plab Afg‘on yoshlari bizning yurtimizda tahsil olmoqda. 
 
Afg‘oniston bilan qo‘shnimiz. Demak bu yerdagi notinch muhit bevosita barchamizga salbiy ta’sir etadi. Shu bois barchamiz Afg‘oniston tinchligi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlikda kurashmog‘imiz zarur.

Поделиться