Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A.Mirdad: Toshkent konferensiyasi tinchlik va taraqqiyotga xizmat qiladi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya faqat Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlashgagina xizmat qilib qolmaydi. Balki, butun dunyoda diniy ekstremizm, terrorizm bilan kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoda manfur illatlar urchib borayotgan bugungi kunda, tinchlik – bebaho ne’mat ekanini yaxshi anglab turibmiz. Ayniqsa, giyohvandlik, odam savdosi, terrorizm bilan kurashish bugungi kun talabidir.
Toshkentdagi nufuzli xalqaro minbardan turib aytish joizki, bugun Eronning boshqa qo‘shni davlatlarga, xususan Yamanga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani ham hech bir mezonga to‘g‘ri kelmaydi. Bu nafaqat tinch aholiga, balki yaqin-yiroq davlatlar xavfsizligiga ham tahdid hisoblanadi.
Ishonamizki, bugungi konferensiya yaqin Sharq va mintaqa davtlarida bu kabi muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.