O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

29.03.2018Siyosat

2018-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Xitoy delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Baodunni qabul qildi.

Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqiladi

28.03.2018Siyosat

2018-yil 29-mart kuni o‘z ishini boshlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining ochilishi to‘g‘risida

28.03.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi – 2018-yil 29-mart kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining diqqatiga!

Senat yalpi majlisi oldidan qo‘mitalar majlislari boshlandi

28.03.2018Siyosat

Ertaga, 2018-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlarini qabul qildi

28.03.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li, Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asifni qabul qildi.

Afg‘oniston Prezidenti Kobul shahriga jo‘nab ketdi

27.03.2018Siyosat

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 26-27-mart kunlari amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. 

Rabboniy: “ oldindan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” sharti amalga oshishi kerak

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salouddin Rabboniy konferensiya yakunlari bo‘yicha fikrlarini jurnalistlar bilan o‘rtoqlashdi. Biz eng avvalo, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan va o‘zbek xalqidan minnatdormiz.

Abdullaziz Komilov: Afg‘onistondagi murakkab vaziyatga yechim topish bo‘yicha oz bo‘lsa-da umid bor

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi bo‘yicha yakuniy xulosa bo‘yicha jurnalistlar bilan o‘rtoqlashgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Komilov Afg‘onistondagi murakkab vaziyatga yechim topish bo‘yicha oz bo‘lsa-da umid borligini ma’lum qildi. 

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakuni bo‘yicha jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

27.03.2018Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakuni bo‘yicha jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. 

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi rahbari Yevgeniy Sisoyev: Tuzilma o‘tgan vaqt mobaynida 600 ta terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlarining oldini oldi Tinchlik barcha zamonlarda qadrlangan. Davlatlar faoliyati va da’vatlar ham shu maqsad

27.03.2018Siyosat

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi doirasida ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasi kengashi rahbari Yevgeniy Sisoyev ham tashkilotning ushbu maqsadlarga qaratilgan faoliyati haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

Sergey Lavrov: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi tarafdorimiz

27.03.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov konferensiya yuzasidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi deklaratsiya imzolandi

27.03.2018Siyosat

Poytaxtimizda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi deklaratsiyasi imzolandi. 

O‘zbek xalqiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildiraman

27.03.2018Siyosat

Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakilli Rolf Villi Xansenning bunday e’tirofi barchamizni quvontirdi. U o‘z so‘zini shunday boshladi: 

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus maslahatchisi Xiroshi Takaxashi so‘zga chiqdi

27.03.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi yangi formatda tashkil etilgan. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilayotgan Afg‘onistondagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan aniq taklif va mulohazalar o‘z natijasini beradi. 

NATO: Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish oson ish emas. Urushga barham berishning eng samarali yo‘li kelishuvga erishishdir

27.03.2018Siyosat

NATO bosh kotibining operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarining yordamchisi Jon Manza “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etilganidan mamnunligini bildirdi. 

Fransiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyor

27.03.2018Siyosat

Toshkent xalqaro konferensiyasida Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor so‘zga chiqdi. 

Biz afg‘on muammosi barham topishi tarafdorimiz

27.03.2018Siyosat

Toshkent konferensiyasida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniya bosh vazirining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Garet Beyli o‘z fikrini shunday bayon etdi.

Mutlaq bin Majid al-Kaxtoniy: “Tolibon” harakati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish oson emas, shu bilan birga, bajarib bo‘lmas ish ham emas

27.03.2018Siyosat

Bunday fikrlar Qatar Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Kaxtoniy tomonidan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida yangramoqda. 

Afg‘oniston uchun hech qanday harbiy harakatlarning keragi yo‘q

27.03.2018Siyosat

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida Germaniya Federativ Respublikasining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili mazkur anjumanning ahamiyati yuksakligini ta’kidladi.