O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi o‘z ishini davom ettiradi
2018-03-27 | Siyosat
So‘z BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamotoga: – Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi muhim ahamiyatga ega. Shunday bo‘lsa-da, afg‘on diyorida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha qator kelishuvlar va uchrashuvlar tashkil etilganini eslab o‘tish o‘rinli. Biroq bu kelishuvlarga barcha tomon birdek amal qilishi kerak. Hatto “Tolibon” harakati a’zolari ham.
Shunda harakatlarimiz samarasiz qolmaydi. Joriy yilning yanvar oyida Kobul shahrida bo‘lib o‘tgan teraktga e’tiboringizni qaratmoqchiman. O‘shanda portlovchi qurilmani ishga tushirish uchun tezyordam mashinasidan foydalanildi. Bu ham xalqaro me’yorlarga zid harakatdir.
Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha turli qarash va yondashuvlar bo‘lishi mumkin. Lekin ularning tinchlikka erishish istagida emasligini ko‘rsatmaydi. Bu yo‘lda “Tolibon” harakati bilan ham hamkorlik qilish kerak bo‘ladi.